16:06 / 08.01.2019
6 364

O‘zbekiston Rossiya avtomobillarining eng yirik importchilaridan biriga aylandi

O‘zbekiston Rossiya avtomobillarining eng yirik importchilaridan biriga aylandi
O‘zbekiston Rossiyadan yengil avtomobillar eksporti hajmi bo‘yicha davlatlarning TOP-3 ligiga kirdi. Bundan «Avtostat» agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.

2018 yilning 11 oyida Rossiya Federatsiyasidan 26 mingga yaqin yengil avtomobil boshqa mamlakatlarga (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bundan mustasno) eksport qilindi.

Ushbu miqdorning 70%dan ortig‘i besh mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi. Chexiya ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi, u yerda Rossiyada yig‘ilgan 6,3 ming dona avtomobil olib chiqildi. Ukraina Rossiyadan import qilingan 3,8 ming avtomobil ko‘rsatkichi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikka O‘zbekiston yakun yasab berdi, bu yerga 3,1 mingta avtomobil eksport qilindi.

Shuningdek, Latviya va Ozarboyjonga amalga oshirilgan eksport hajmi ham ancha yirik bo‘ldi - mos ravishda 2,9 ming va 2,4 ming dona.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekiston Rossiya avtomobillarining eng yirik importchilaridan biriga aylandi