06:00 / 23.01.2019
11 409

Ravon Rossiyada nechta avtomobil sotgani ma’lum bo‘ldi

Ravon Rossiyada nechta avtomobil sotgani ma’lum bo‘ldi
Yevropa biznesi assotsiatsiyasi 2018 yilda Rossiyada nechta avtomobil sotilgani va ular qanday brendlarga tegishli bo‘lgani haqidagi hisobotni e’lon qildi.
Unda aytilishiga ko‘ra, 2018 yilda Rossiyada jami 1 800 591 dona yangi avtomobil sotilgan. Ushbu ko‘rsatgich 2017 yilga nisbatan 12,8 foizga ko‘p.

Rossiya avtomobil bozorida 2018 yilda eng Muvaffaqiyatli brendlar quyidagilar bo‘ldi: Lada - 360, Kia – 224, Hyundai – 178, Renault – 137, Volkswagen – 113, Toyota – 108, Skoda – 81, Nissan – 80 ming dona avtomobil sotgan.

Foiz hisobida eng katta o‘sishga quyidagi kompaniyalar erishgan Mitsubishi +87 foiz, Skoda +31 foiz, Kia +25 foiz, Volkswagen +18 foiz, Lada +16 foiz, Toyota +15foiz.

Ravon brendi uchun turli sabablarga ko‘ra o‘tgan yil Rossiyada muvaffaqiyatsiz bo‘ldi desa xato bo‘lmaydi. Kompaniya savdo hajmi 2017 yilga nisbatan 66 foizga tushib ketgan. Sotilgan avtomobillar umumiy soni 5184 donani tashkil qilgan. Vaholanki, 2017 yilda kompaniya 15078 dona avtomobil sotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ravon Rossiyada nechta avtomobil sotgani ma’lum bo‘ldi