GM Uzbekistan o‘z nomini kelgusi bir necha oy ichida o‘zgartiradi. Bu haqda Toshkentda seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani davomida xabar berilgan.
Kompaniyadan ma’lum qilishlaricha, yangi nom haqida alohida e’lon qilinadi. «O‘zavtosanoat» muqaddam General Motors’ning ulushini sotib olgani tufayli o‘z nomini o‘zgartirmoqda.
Xabar berilishicha, 2018 yilda avtomobillar va butlovchi qismlar eksporti 25,5 million AQSh dollarini tashkil etgan. 2019 yilda bu ko‘rsatkichni 118,6 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Kompaniya mahsulotlari eksport qilinayotgan mamlakatlardan tashqari, Afg‘onistonga avtomobillarni yetkazib berish boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda kompaniya 220 667 dona avtomobil ishlab chiqardi. Kompaniya tarixida ilk bor rekord 2018 yil dekabrida qayd etildi. O‘shanda 34 117 avtomobil ishlab chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi