22:30 / 13.02.2019
12 499

GM Uzbekistan’dan Tracker narxiga Malibu, Lacetti narxiga esa Tracker sotib olish mumkin

GM Uzbekistan’dan Tracker narxiga Malibu, Lacetti narxiga esa Tracker sotib olish mumkin
Foto: GM Uzbekistan
GM Uzbekistan AJ va «O‘zagrosug‘urta» AJ avtomobil xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida jismoniy shaxslarga Chevrolet Malibu va Tracker avtomobillarini muddatli to‘lov orqali sotib olish bo‘yicha yangi xizmatni ishlab chiqdi. Bu haqda GM Uzbekistan matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda xaridor Tracker avtomobili puliga (215 mln so‘m) Malibu, Lacetti puliga esa (128 mln so‘m) Chevrolet Tracker xarid qilishi mumkin.

Yangi sug‘urta turi Chevrolet Malibu va Chevrolet Tracker avtomobillari uchun aynan ushbu miqdordagi dastlabki to‘lovni amalga oshirib, ushbu avtomobillarning egasiga aylanish imkonini beradi. Avtomobilning qolgan summasi 12 oy davomida foizsiz bo‘lib to‘lanadi.

Aksiya 14 fevraldan 1 martga qadar amal qiladi. Aksiya bo‘yicha ajratilgan avtomobillar soni chegaralangan. Qayd etish joizki, mazkur aksiyada faqat dilerlarda mavjud bo‘lgan ushbu modeldagi avtomobillar ishtirok etadi.

Shartnoma tuzilgan vaqtda «O‘zagrosug‘urta» mutaxassislari o‘sha joyning o‘zida muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 3% miqdorida moliyaviy xatardan, shuningdek muddatli to‘lov summasining garov qiymatidan 1% miqdorda sug‘urta polisini rasmiylashtiradi. Avtomobil uchun to‘liq to‘lov amalga oshirilmaguniga qadar dilerda garovda bo‘ladi. Oylik to‘lovlar shartnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning har 15 sanasigacha amalga oshirilishi lozim.

Qayd etish joizki, shartnoma muddati va to‘lov shartlari buzilishga yo‘l qo‘yilgan taqdirda kelishuv bekor qilinadi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda «O‘zagrosug‘urta» AJ bugungi kunda O‘zbekistondagi eng yirik universal sug‘urta kompaniyasi bo‘lib, aholi va tadbirkorlarga 140dan ortiq sug‘urta xizmatlarini qulay va tezkor taqdim etib kelmoqda. Kompaniya butun Respublika bo‘ylab o‘zining hududiy bo‘linmalariga ega. Bu Respublikaning nafaqat yirik shaharlarida, balki eng chekka hududlarida yashovchi va faoliyat yurituvchilarga sifatli sug‘urta xizmatlaridan foydalanish uchun katta qulaylik yaratadi. To‘lov qobiliyatining yuqoriligi esa Kompaniya majburiyatlarini o‘z vaqtida so‘zsiz amalga oshirishini ta’minlaydi. Aynan shu bois «GM Uzbekistan» AJ o‘ziga sug‘urta hamkori sifatida ushbu kompaniyani tanladi.

GM Uzbekistan AJ va «O‘zagrosug‘urta» AJ kelgusida ham mijozlarga avtomobil xaridi jarayonida qulayliklar yaratish maqsadida yangi xizmat turlarini taklif etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan’dan Tracker narxiga Malibu, Lacetti narxiga esa Tracker sotib olish mumkin