20:13 / 26.02.2019
12 947

Namanganda Xitoy avtomobillari qachon ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi (foto)

Namanganda Xitoy avtomobillari qachon ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi (foto)
O‘tgan yilning aprel oyida Namangan viloyati Pop shahrida o‘rtacha yuk avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi, bu bilan Foton Do’stlik Servis va Xitoyning Foton Motor kompaniyalari shug‘ullanishi haqida xabarlar tarqalgandi. Birinchi yuk mashinasi 2018 yil sentyabrida chiqishi ma’lum qilingan edi. Biroq, 2018 yil oxirigacha O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma avtomobillari paydo bo‘lmadi.

Nampravda jurnalistlari Foton Do’stlik Servis mahalliy kompaniyasi rahbari Vohid Hamidov bilan bog‘lanishdi:
- Ha, biz dastlab 2018 yilda avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgandik. Biroq, ob’ektiv sabablarga ko‘ra, loyihaning boshlanish muddatini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldik. Prezident qarori bilan bizning loyiha O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgani yaxshi xabar bo‘ldi. Tez orada ishlab chiqarishga tayyorgarlik boshlanadi, Mustaqillik bayrami kuniga, 2019 yil sentyabriga qadar biz avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz.

Yangi zavodning 51 foiz aksiyalari O‘zbekistonga, 49 foizi esa Xitoyga tegishlidir. Xitoylik hamkorimiz - “Urumqi Xin Xi Xin Sheng International Trading Co., LTD” loyihaga 14 mln dollar sarmoya kiritmoqda. Zavodning rejalashtirilgan quvvati oyiga - 500-1000 dona avtomobil.

Foton Motor bilan tuzilgan dastlabki shartnomaga muvofiq, ushbu shirkatning to‘rt turdagi o‘rtacha yuk avtomobillarini ishlab chiqarish uchun litsenziya oldik. Ularga yana bir model qo‘shiladi - Foton View CS2 Supporter mikroavtobusi. Ular Popdagi yangi zavodda ishlab chiqariladi. Barcha mahsulotlarimiz UzFoton brendi ostida taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Namanganda Xitoy avtomobillari qachon ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi (foto)