00:23 / 28.02.2019
11 177

GM Uzbekistan ogohlantirish bilan chiqdi

GM Uzbekistan ogohlantirish bilan chiqdi
GM Uzbekistan shu kunlarda aholiga juda ham arzonlashtirilgan narxlarda yangi avtomobil taklif qilib, aldov yo‘li bilan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirayotgan “tadbirkorlar”ning firibgarlik faoliyati yuzasidan bayonot bilan chiqdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayrim firmalar firibgarlik bilan juda arzonlashtirilgan narxlarda xaridorlarga yangi avtomobil taklif qilib, natijada na avtomobil va na pulni qaytarib bermagan. Bugun o‘nlab insonlar ana shunday firibgarlarning qurboniga aylanishga ulgurgan, deyiladi xabarda.

GM Uzbekistan AJ yangi avtomobillar savdosi bilan faqatgina kompaniyaning rasmiy dilerlari shug‘ullanishini ma’lum qilgan holda ogoh bo‘lishni, firibgarlarning qurboniga aylanmaslikni so‘rab qolgan. Kompaniya rasmiy dilerlarining to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Agar, siz bu kabi qonunga xilof holatlarning guvohi bo‘lsangiz kompaniyaning 78 141 77 77 “Ishonch telefonlariga” qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan ogohlantirish bilan chiqdi