"Tracker" va "Malibu" avtomobillariga foizsiz to‘lov 2 yilga uzaytirildi

  • 01 mart 2019, 12:54
  • 9 282
  • Avto
  • "Tracker" va "Malibu" avtomobillariga foizsiz to‘lov 2 yilga uzaytirildi
    Xabaringiz bor, «GM Uzbekistan» AJ va «O‘zagrosug‘urta» AJ bilan birgalikda «Chevrolet Malibu» va «Tracker» avtomobillarini 1 yilga muddatli to‘lov orqali sotib olish bo‘yicha yangi xizmat ishlab chiqqan edi.

    Kompaniya foizsiz to‘lov muddatini 2 yilga uzaytirdi. Shuningdek, aksiyaning amal qilish muddati ham 2019 yilning 21 mart kuniga qadar uzaytiriladi. Bu qaror ko‘p sonli xaridorlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda qabul qilingani aytilgan.

    Endilikda xaridor 215 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga «Malibu Turbo», 190 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga «Malibu», hamda 128 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga Chevrolet Tracker xarid qilib, avtomobilning qolgan summasini ikki yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi.

    Shartnoma tuzilgan vaqtda «O‘zagrosug‘urta» mutaxassislari o‘sha joyning o‘zida muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 4,5% miqdorida moliyaviy xatardan hamda muddatli to‘lov summasining garov qiymatidan 2% miqdorda sug‘urta polisini rasmiylashtiradi. Shunda avtomobillar uchun sug‘urta to‘lov summasi quyidagicha bo‘ladi:

    Tracker A/T — 1 753 611 (2%) va 3 945 625 (4,5%)
    Tracker M/T —1 126 177 (2%) va 2 533 898,48 (4,5%)

    Malibu — 1 715 635 (2%) va 3 860 178 (4,5%)
    Malibu Turbo— 1 741 244 (2%) va 3 917 799 (4,5%)

    Mazkur aksiyada faqat dilerlarda mavjud bo‘lgan ushbu modeldagi avtomobillar ishtirok etadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » "Tracker" va "Malibu" avtomobillariga foizsiz to‘lov 2 yilga uzaytirildi