Oʻzbekiston va Qozogʻiston birgalikda 16 ming dona avtomobil ishlab chiqaradi

  • 16 mart 2019, 13:03
  • 2 720
  • Avto
  • Oʻzbekiston va Qozogʻiston birgalikda 16 ming dona avtomobil ishlab chiqaradi
    GM Uzbekistan va “SariarkaAvtoProm” MCHJ (Qozogʻiston) mahsulotni rivojlantirish boʻyicha bitim imzoladi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
    Bitim Toshkentda boʻlib oʻtgan birinchi iqtisodiy forum doirasida imzolangan.

    Tomonlar 2019 yilning oxirigacha eksport bozori uchun 16 ming avtomobil ishlab chiqarishga kelishgan. Mashinalar keyinchalik Qozogʻiston va Rossiya bozorlariga ham chiqariladi.

    Bundan tashqari, avtomobil ishlab chiqaruvchilar qoʻshma korxona tashkil etish, mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, shu jumladan avtomobil komponentlari bazasini rivojlantirish, yangi raqobatbardosh modellar boʻyicha hamkorlikni davom ettirish, mahsulot sifatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni muhokama qilgan.

    » » Oʻzbekiston va Qozogʻiston birgalikda 16 ming dona avtomobil ishlab chiqaradi