Yil boshidan buyon oʻzbekistonliklar “inomarka”lar sotib olish uchun qancha mablagʻ sarflashgan?

  • 18 mart 2019, 14:30
  • 3 750
  • Avto
  • Yil boshidan buyon oʻzbekistonliklar “inomarka”lar sotib olish uchun qancha mablagʻ sarflashgan?
    Oʻzbekistonda yengil avtomobillar importi hajmi 90 million dollardan oshdi. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak beryapti.

    Yanvar-fevral oylarida mamlakatga 90,5 mln dollarlik avtomobillar import qilindi, bu oʻtgan yilning yanvar-fevraliga nisbatan qariyb toʻrt baravar koʻp. Taqqoslash uchun, 2018 yil davomida yengil avtomobillar importi 319 million dollarni tashkil etgandi.

    Yuk mashinalari importi faqat 66,6%ga oshdi, qishloq xoʻjaligi mashinalari esa qariyb 8%ga kamaydi.

    Chet el avtomobillari importining oʻsishi aynan yanvar oyida qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish yengillashtirilgani bilan bogʻliq - agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va ishlab chiqarilgan sanasidan ikki yil oʻtmagan boʻlsa, unda unga nol stavkali boj va 20% aksiz soligʻi qoʻllaniladi.

    Shuningdek, 1 yanvardan boshlab elektrmobillar olib kirishga nol stavkali boj va nol stavkali aksiz soligʻi oʻrnatildi.

    Фикрлар

    » » Yil boshidan buyon oʻzbekistonliklar “inomarka”lar sotib olish uchun qancha mablagʻ sarflashgan?