22:24 / 03.04.2019
12 176

Endi “Lacetti”ni 1 yil foizsiz muddatli toʻlov asosida sotib olish imkoni mavjud

Endi “Lacetti”ni 1 yil foizsiz muddatli toʻlov asosida sotib olish imkoni mavjud
Foto:“MotorPage”
“GM Uzbekistan” AJ “Oʻzagrosugʻurta” AJ bilan birgalikda “Chevrolet Lacetti” avtomobilini 1 yil foizsiz muddatli toʻlovga sotib olishni taklif qiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Aksiya shartlariga asosan xaridor “Lacetti” uchun 80 mln soʻm, gazballon uskunali (GBU) “Lacetti” avtomobili uchun 85 mln soʻm boshlangʻich toʻlov amalga oshirib, qolgan summani bir yil davomida foizsiz boʻlib toʻlash imkoniga ega.

Buning uchun xaridor shartnoma tuzayotgan vaqtda “Oʻzagrosugʻurta” mutaxassislari oʻsha joyning oʻzida muddatli toʻlovga berilayotgan summaning 3 foiz miqdorida moliyaviy xatardan hamda muddatli toʻlov summasining garov qiymatidan 1 foiz miqdorda sugʻurta polisini rasmiylashtiradi.

Aytish joizki, avtomobil toʻliq toʻlov amalga oshirilmagunga qadar dilerda garovda boʻladi. Shartnoma shartlariga koʻra, oylik toʻlovlar shartnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning har 15 sanasigacha amalga oshirilishi lozim. Shartnoma muddati va toʻlov shartlari buzilishga yoʻl qoʻyilgan taqdirda kelishuv bekor qilinadi.

Avtomobil xarid qilish istagida boʻlgan mijozlar kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilishlari mumkin.
Aksiya 2019 yilning 30 apreliga qadar davom etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Endi “Lacetti”ni 1 yil foizsiz muddatli toʻlov asosida sotib olish imkoni mavjud