07:20 / 11.04.2019
4 540

“GM Uzbekistan” AJ iste’molchilar huquqlarini «poymol» qilgani aniqlandi

“GM Uzbekistan” AJ iste’molchilar huquqlarini «poymol» qilgani aniqlandi
Avtomobil ishlab chiqaruvchi monopolistning qonunga zid harakatlari bartaraf etildi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “GM Uzbekistan” AJ tomonidan 2018 yilda ishlab chiqarilgan 6 506 dona Neksiya-3 (2-pozitsiya) rusumidagi avtomobillar komplektatsiyasida tumanga qarshi oldi yoritkichlar o‘rnatilmaganini aniqladi.

Ushbu holatni bartaraf etish bo‘yicha Qo‘mitaning talabiga asosan bugungi kunga kelib iste’molchilarga yetkazib berilgan 6037 ta avtomashinaga tumanga qarshi yoritkichlar o‘rnatib berildi va fuqarolarning jami 2,5 mlrd.so‘mdan ortiq manfaatlari himoya qilindi.

Agar xarid qilingan avtotransport vositasida yuqorida ko‘rsatilgan nuqsonni aniqlagan bo‘lsangiz, u holda “GM Uzbekistan” AJga yoki Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga murojaat qilishingiz kerak.

Murojaat uchun quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:
(78) 144-77-77, (78) 147-14-14, (71) 241-76-17

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “GM Uzbekistan” AJ iste’molchilar huquqlarini «poymol» qilgani aniqlandi