Yilning dastlabki uch oyi davomida yengil avtomobillar importi 100 mln dollardan oshdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak beryapti.
Yanvar-mart oylarida mamlakatga 106,4 mln dollarlik avtomobillar import qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 2,2 baravar ko‘p. Taqqoslash uchun: 2018 yil davomida yengil avtomobillar importi 319 million dollarni tashkil etgandi. Bu davrda yuk avtomobillar importi faqatgina 51,6 foizga oshdi.
Chet el avtomobillari importining o‘sishi aynan yanvar oyida qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish yengillashtirilgani bilan bog‘liq - agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va ishlab chiqarilgan sanasidan ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, unda unga nol stavkali boj va 20% aksiz solig‘i qo‘llaniladi.
Shuningdek, 1 yanvardan boshlab elektrmobillar olib kirishga nol stavkali boj va nol stavkali aksiz solig‘i o‘rnatildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
103 yoshli italiyalik ayol haydovchi jarimaga tortildi
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
Saudi Aramco rahbari yashil energetikaga o‘tish xayolidan voz kechishga chaqirdi
Putin: Rossiyaning yadroviy triadasi boshqalarga qaraganda zamonaviyroq