«Tonirovka» uchun jarima miqdori keskin oshirildi

  • 24 may 2019, 12:30
  • 1 181
  • Avto
  • «Tonirovka» uchun jarima miqdori keskin oshirildi
    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

    O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:

    126-moddaning (Ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish) matni quyidagi tahrirda bayon etildi:

    «Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, – eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (avval - eng kam ish haqining bir baravari miqdorida).

    Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam ish haqining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (avval - eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida)».

    Фикрлар

    » » «Tonirovka» uchun jarima miqdori keskin oshirildi