14:30 / 25.05.2019
4 387

Endi ichki bozordagi avtomobillarga ham kunduzgi avtomatik yonuvchi chiroqlar o‘rnatiladi

Endi ichki bozordagi avtomobillarga ham kunduzgi avtomatik yonuvchi chiroqlar o‘rnatiladi
Xorijiy davlatlarga eksport qilinadigan GM Uzbekistan avtomobillarida kunduzgi chiroq avtomatik ravishda yonib-o‘chishga mo‘ljallangan. Ularda bunday tartib 2011 yildan amalga kiritilgan yangi avtomobillar uchun kunduzgi avtomatik yonuvchi chiroqlarni o‘rnatishi shartligi belgilangan. Ichki bozordagi avtomobillarda nega bunday funksiya mavjud emas? "Munosabat" ko‘rsatuvida mazkur savolga javob berildi.

"O‘zavtosanoat" AJ boshqarma boshlig‘i Shafqatbek Alimovning so‘zlariga ko‘ra, xorijda avtomobil xavfsizligi bo‘yicha belgilangan texnik reglamentda avtomobillar uchun kunduzgi avtomatik yonuvchi chiroqlarning o‘rnatilishi talab sifatida qo‘yilgan.

"Bizda mazkur reglament 2017 yilning 25 aprelida Vazirlar Mahkamasi tegishli qarori bilan ishlab chiqilgan va unda xtiyoriy deb belgilangan. Shunga qaramasdan hozirgi kunda biz avtomobillarimizga konstruktiv o‘zgartirishlar kiritishni boshladik. Bu tez oylarda amalga oshiriladi", – deydi "O‘zavtosanoat" vakili.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Endi ichki bozordagi avtomobillarga ham kunduzgi avtomatik yonuvchi chiroqlar o‘rnatiladi