16:38 / 13.06.2019
4 818

«GM Uzbekistan» avtomobillarning original ehtiyot qismlarini ochiq savdoga chiqardi

«GM Uzbekistan» avtomobillarning original ehtiyot qismlarini ochiq savdoga chiqardi
Endilikda zavod sifatidagi original hamda hamyonbop ehtiyot qismlarni O‘zbekistonning turli hududlarida tashkil etilgan «GM Uzbekistan»ning «UzAuto GM Genuine» nomli maxsus do‘konlaridan xarid qilish mumkin. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mazkur do‘konlarda «Chevrolet» avtomobillariga o‘rnatiladigan «GM Genuine» ehtiyot qismlari sotuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Do‘konlarda sotiladigan har bir ehtiyot qism «General Motors Engineering» tomonidan ishlab chiqilgan va ma’qullangan bo‘lib, yuqori sifatli hamda hamyonbop sanaladi.

Ushbu do‘konlarda avtomobilning mavjud ehtiyot qismlari hamda buyurtma asosidagi ehtiyot qismlari savdosi amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «GM Uzbekistan» avtomobillarning original ehtiyot qismlarini ochiq savdoga chiqardi