2019 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi ortdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
2019 yil ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi 98 780 tani tashkil etdi, 2018 yilning shu davrida esa 67 338 ta avtomobil ishlab chiqarilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi ham ortib, 2 044 tani tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davrida esa 1 081 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan. Bundan tashqari, 762 ta avtobus ishlab chiqarildi, bu esa 2018 yilning mos davriga nisbatan 3,5 marta ko‘pdir.
Shuningdek, ishlab chiqarish sanoatida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda avtomobil dvigatellari — 1,5 marta, yurguzuvchi g‘ildiraklar, ularning qismlari va jihozlari — 1,5 marta, radiatorlar, shovqin so‘ndirgichlar va chiqarish quvurlari, ulovchi mexanizmlar, rul chambaraklari, rul kolonkalari va rul mexanizmlarining karterlari va ularning qismlari — 1,5 martaga oshdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!