16:58 / 26.06.2019
4 057

O‘zbekistonga olib kiriluvchi avtomobillar bo‘yicha boj qayta ko‘rib chiqilishi mumkin

O‘zbekistonga olib kiriluvchi avtomobillar bo‘yicha boj qayta ko‘rib chiqilishi mumkin
Bugun, 26 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat bojxona qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida «Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Kun.uz nashri xabar berishicha, tadbirda qiymati baland avtomobillar uchun bojxona to‘lovi kamaytirilgandan so‘ng olib kirilgan avtomobillar va elektromobillar soni haqida ham axborot berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 6 oy davomida 600dan ortiq avtomobil, 20ta elektromobil yuqoridagi imtiyozdan foydalangan holda O‘zbekiston hududiga olib kirilgan.

Shuningdek, xorijdan keluvchi avtotransport vositalari uchun bojlar qiymati ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Ayni paytda Oliy majlisga kiritilgan utilizatsiya yig‘imi bo‘yicha qonun loyihasi doirasida bu masalani ham muhokama qilish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonga olib kiriluvchi avtomobillar bo‘yicha boj qayta ko‘rib chiqilishi mumkin