21:30 / 27.06.2019
5 015

O‘zbekistonga 6 oyda nechta qimmatbaho avtomobil olib kirilgan?

O‘zbekistonga 6 oyda nechta qimmatbaho avtomobil olib kirilgan?
O‘zbekiston prezidenti adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qiymati baland avtomobillar uchun bojxona to‘lovi kamaytirilgandan so‘ng olib kirilgan avtomobillar va elektromobillar soni haqida ham axborot berildi.

Ma’lum qilinishicha, 6 oy davomida premium toifaga mansub 600 dan ortiq avtomobil, 20 ta elektromobil O‘zbekiston hududiga olib kirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 1 yanvaridan xorijda ishlab chiqarilganiga ikki yildan ko‘p muddat bo‘lmagan, shuningdek, narxi 40 ming AQSh dollariga teng yoki undan yuqori bo‘lgan yengil avtomobillarni boj to‘lovisiz O‘zbekistonga olib kirish mumkin. Shuningdek, faqat elektr quvvati bilan harakatlanadigan transport vositalari (elektromobil) uchun TN VED kodi 870380, boj stavkasi "0" miqdorida belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonga 6 oyda nechta qimmatbaho avtomobil olib kirilgan?