13:13 / 29.06.2019
3 653

Ekspert: Renault kelishi konservativ o‘zbek avtobozorini o‘zgartirmaydi

Ekspert: Renault kelishi konservativ o‘zbek avtobozorini o‘zgartirmaydi
Foto: La Imagem / Renault
Avvalroq, Fransiya avtokonserni O‘zbekistonda byudjet modeldagi Renault KWID yig‘ishni yo‘lga qo‘ymoqchiligi haqida xabar berilgandi. Mustaqil avtoekspert Aleksey Sharapovning Sputnik’ka ma’lum qilishicha, o‘zbek bozorida oddiygina krossoverning paydo bo‘lishi umumiy ahvolni o‘zgartirishi amrimahol.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Renault KWID Rossiya avtomobillari yoki mahalliy sedanlarga jiddiy raqobat paydo qilishi amrimahol.

«O‘zbek avtomobil bozori juda konservativ – avtoishqibozlar katta bagajnikli sedanlarga o‘rganib qolishgan, qolaversa kopmlektatsiyasi ham yaxshi — olti pog‘onali, o‘rindiqlar isitiladi. Rossiya modellariga keladigan bo‘lsak, narxidan kelib chiqqan holda olishadi. Yig‘ish uchun taklif etilayotgan Renault modeli esa – bu uchinchi davlatlar bozorlari uchun mahsulot — oddiy arava», — deb qayd etdi Sharapov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ekspert: Renault kelishi konservativ o‘zbek avtobozorini o‘zgartirmaydi