18:24 / 01.07.2019
5 187

GM Uzbekistan Tracker Premier AT avtomobiliga 21 foizli chegirma e’lon qiladi

GM Uzbekistan Tracker Premier AT avtomobiliga 21 foizli chegirma e’lon qiladi
GM Uzbekistan kompaniyasi 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Tracker Premier AT avtomobiliga katta chegirma e’lon qildi.

Mazkur chegirma kompaniyada olib borilayotgan strategiya hamda hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasi bo‘lib, avtomobil xaridi jarayonida xaridorlarga qulaylik yaratish va uning hamyonbopligini ta’minlashni ko‘zda tutadi.

Unga ko‘ra, xaridorlar endilikda Tracker Premier AT avtomobilini 21 foizli chegirma bilan 215 680 575 so‘m o‘rniga 170 million so‘mga xarid qilishi mumkin.

Aksiya 2 iyuldan boshlab 10 kun davomida amal qiladi. Avtomobillar soni chegaralangan.

Kompaniya xaridorlarga avtomobil xaridi jarayonida qulayliklar yaratish hamda taqdim etilayotgan mahsulotlar hamda xizmatlar sifatini oshirish borasidagi faoliyatini davom ettiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan Tracker Premier AT avtomobiliga 21 foizli chegirma e’lon qiladi