21:35 / 05.07.2019
6 668

UzAuto Motors rahbari «syurprizlar» tayyorlanayotganini ma’lum qildi

UzAuto Motors rahbari «syurprizlar» tayyorlanayotganini ma’lum qildi
Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
«O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati va UzAuto Motors kompaniyasi tashabbusi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tasdiqlangan media-reja asosida press-tur tashkil etildi. Jurnalistlar safar davomida UzSangvu, Avtooyna, Uz-Chasys, Uz-Koji, UzDongVon hamda UzAuto Motors (sobiq GM Uzbekistan) zavodidagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Kecha zavod ma’muriyatida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida kompaniya nomi o‘zgarib, «GM» so‘zidan voz kechilgan bo‘lsa-da, Amerikaning GM avtomobilsozlik korporatsiyasi bilan hamkorlikdan voz kechilmagani, aloqalar to‘xtamagani va bundan keyin ham to‘xtamasligi ma’lum qilindi.

«Sifat kompaniyamiz uchun muhim va dolzarb masaladir, — dedi UzAuto Motors bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov. — Agar sifatga rioya qilmay qo‘ysak, GM biz bilan ishlashni to‘xtatib qo‘yadi, bunga ularning haqqi bor, o‘zaro kelishuv haqidagi me’yoriy-huquqiy hujjatda shunday yozib qo‘yilgan. Chunki bizda avtomobillar Chevrolet brendi ostida ishlab chiqarilmoqda, Chevrolet esa GM ga tegishli. Agar biror jihoz sifatsiz yoki yaroqsiz bo‘lsa, bu GM ning iqtisodiy siyosatiga, imidjiga putur yetkazadi. Shuning uchun korxonamizda ishlar, sifat nazorati General Motors kompaniyasi standarti bo‘yicha davom ettiriladi».

Kompaniya rebrendingi boshqa loyihalarga ta’sir ko‘rsatmasligi, xususan, Ravon brendi ham o‘zgartirilmasligi qayd etildi. Aytilishicha, zavodda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar xorijiy davlatlarga Ravon brendi ostida eksport qilinishi davom etadi.

UzAuto Motors bosh direktori OAV vakillari savollariga javob berar ekan, yangi loyihalar haqida ma’lumot berdi.

«Ravon brendiga o‘xshagan yangi brendlar yaratiladi, bu borada jiddiy va izchil ish olib borilmoqda, — dedi Rustam Rajabov. — Ular qanday brendlar ekanini hozircha oshkor qilolmayman. Yaqin kunlarda xabar topasiz. Bu syurpriz bo‘ladi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Musaffar
Musaffar 28 марта 2020 16:10
Kobiltdagi ochirid buncha asta siljepdi tezlatsa bumedimi narxoshgani mayli tezlatelar endi
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors rahbari «syurprizlar» tayyorlanayotganini ma’lum qildi