UzAuto Motors: «Agar xorij avtomobillari O‘zbekistonga kirib kelsa, biz raqobatga tayyormiz»

  • 07 iyul 2019, 12:25
  • 1 948
  • Avto
  • UzAuto Motors: «Agar xorij avtomobillari O‘zbekistonga kirib kelsa, biz raqobatga tayyormiz»
    Foto: «Xabar.uz»
    Asaka shahrida «O‘zavtosanoat» AJ, UzAuto Motors rahbariyati va OAV o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi. Ushbu muloqot chog‘ida xorij avtomobillari uchun bojxona tariflari qachon yengillashtirilishi va shunday bo‘lgan holatda UzAuto Motors zavodining kelajagi qanday bo‘lishi haqida savolga javob berildi.

    «Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun bojxona tariflarini yengillashtirish boshlangan. Masalan, Rossiyaning Lada kompaniyasi allaqachon bozorimizga kirib keldi.

    Boshqa brendlar uchun bojxona qachon ochilishini aniq emas. Bu «O‘zavtosanoat» AJ vakolatidagi masala emas. Buni hukumat hal qiladi.

    Agar Toyota, Hyunday, Kia va shunga o‘xshash mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchilar kirib kelsa UzAuto Motors'ning taqdiri qanday bo‘ladi? Kompaniya bunday raqobatga tayyor. Masalan, o‘tgan yili O‘zbekistonda Lada avtomobillari 5 mingta sotilgan edi. Joriy yilning 6 oyidayoq 10 mingdan ziyod sotildi. Biroq bu holat UzAuto Motors ziyoniga ishlamadi. Zavod ishlab chiqargan avtomobillar savdosi hajmi o‘sib bormoqda.

    «Ammo biz bir holat uchun hukumatimizdan minnatdorman. Bizda eski avtomobillarni olib kirish uchun katta boj o‘rnatilgan. Bu esa insonlar salomatligi va ekologiyani asrashda muhim ahamiyatga ega. Misol uchun yon qo‘shnilarimizni olsak, ularning ko‘chalari Yevropadan keltirilgan eski avtomobillar bilan to‘lib ketgan. Bundan tabiatga va insonlar salomatligiga qancha zarar bo‘lishini tasavvur qilib ko‘rishingiz mumkin», — deydi bosh direktor vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov.

    » » UzAuto Motors: «Agar xorij avtomobillari O‘zbekistonga kirib kelsa, biz raqobatga tayyormiz»