O‘zbekistonda Chevrolet Onix ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi ma’lum bo‘ldi

  • 09 iyul 2019, 23:13
  • 2 066
  • Avto
  • O‘zbekistonda Chevrolet Onix ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi ma’lum bo‘ldi
    Yangi Chevrolet Onix sedanini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi 60 foizni tashkil etishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalida namoyish etilgan videolavhaga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi. Xabarda aytilishicha, bu ko‘rsatkichlarga 2022—2023 yillarda erishish rejalashtirilmoqda.

    Onix’da import detallar soni 450, mahalliysi — 600 tani, Damas’da 642 ta import, 323 mahalliy, Lacetti’da —763 va 283, Spark’da — 625 va 288, Nexia’da — 653 va 289, Cobalt’da — 473 va 417 tani tashkil etishi kutilmoqda.

    Xorijda ishlab chiqarilgan detallar narxi Onix’da 2 300 dollarni, mahalliysi 4 200 dollarni, Lacetti’da — 4 319 va 2938, Spark’da — 2 393 va 2 984, Nexia’da — 2 995 va 3 500, Cobalt’da — 2 656 va 3 488 hamda Tracker’da — 4 000 va 6 400 dollarga baholangan.

    Qayd etilgan grafikka ko‘ra, Lacetti’ning mahalliylashtirish darajasi 38 foizni, Spark’da — 49 foiz, Nexia’da — 49 foiz, Cobalt’da — 52 foiz, Tracker’da — 57 foiz va Onix’da — 60 foizni tashkil etadi.

    Avvalroq UzAuto Motors kompaniyasi yangi modellar va yangi ranglardagi avtomobillarni yil oxiriga qadar taqdim etishi, uning arzon modellari Chevrolet Onix va yangi Tracker bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

    » » O‘zbekistonda Chevrolet Onix ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi ma’lum bo‘ldi