Samarqandlik 2 yigit o‘z qo‘llari bilan Lamborghini Aventador mashinasini yig‘moqda (foto)

  • 10 iyul 2019, 21:33
  • 2 119
  • Avto
  • Samarqandlik 2 yigit o‘z qo‘llari bilan Lamborghini Aventador mashinasini yig‘moqda (foto)
    Samarqandda ikki do‘st garajda Italiyaning Lamborghini premium-klass avtomobil rusumi mashinalari prototiplarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda Repost. Mashinani qo‘lda yig‘ish g‘oyasi ularga YouTube’dagi tyuning-roliklarni ko‘rgandan keyin kelgan.

    Mexanikning aytishicha, ular mashinani yig‘ishni 2 hafta avval boshlagan, ammo qiziqayotgan mijozlardan allaqachon tinim bo‘lmayapti. Ayni paytda sportkarning korpusi yig‘ib bo‘lingan.

    «Biz YouTube’da kanal ochib, u orqali loyihamizni faol reklama qilmoqchimiz. Bitta mashina taxminan 40 kundan keyin tayyor bo‘ladi… O‘zim Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tugatganman… Biz e’lon berganimizdan buyon qo‘ng‘iroqlar tinmayapti… Korpusni 7 millimetrlik listdan tayyorlayapmiz, uni o‘zimiz erityapmiz. Dvigatellarni mahalliy avtomobillardan olamiz. Bitta mashina uchun xarajatlar taxminan 15 ming dollarga tushadi… 25 ming dollarga sotishni rejalashtirganmiz, ammo ko‘pchilik buni qimmat deyapti… 5 million so‘m miqdorida garov puli kerak bo‘ladi. Tayyor mashinani egasiga topshirishdan avval, biz uni sinovdan o‘tkazamiz va barcha afzalliklarini namoyish qilamiz», — dedi 25 yoshli avtomexanik.

    Shuningdek, uning ta’kidlashicha, ayni paytda avtomobilni sertifikatlashtirish va boshqa zarur hujjatlarni olish muammoli masala bo‘lib turibdi.

    Manba: Daryo.uz

    » » Samarqandlik 2 yigit o‘z qo‘llari bilan Lamborghini Aventador mashinasini yig‘moqda (foto)