O‘zbekiston avtomobillar ishlab chiqarishni 46,6 foizga oshirdi

  • 17 iyul 2019, 17:20
  • 1 185
  • Avto
  • O‘zbekiston avtomobillar ishlab chiqarishni 46,6 foizga oshirdi
    2019 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 120 ming donadan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqardi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 46,6 foizga ko‘pdir.

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi hisobot davrida 58,2 foizga oshdi - 2476 donaga.

    2019 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 912 ta avtobus ishlab chiqarildi, bu esa 2018 yilning shu davriga nisbatan 3,4 barobar ko‘p.

    2019 yil yanvar-iyun oylarida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish 93,65 ming donani tashkil etdi. 2018 yilning shu davri bilan taqqoslaganda o‘sish 56,5 foizga teng.

    2019 yil yanvar-iyun oylarida traktorlar ishlab chiqarish hajmi 602 donani tashkil etdi, bu 2018 yilga nisbatan 65,4 foizga kam.

    » » O‘zbekiston avtomobillar ishlab chiqarishni 46,6 foizga oshirdi