Eng noyob ikki McLaren’dan bittasi kim oshdi savdosida sotiladi (foto)

  • 28 iyul 2019, 08:48
  • 1 189
  • Avto
  • Eng noyob ikki McLaren’dan bittasi kim oshdi savdosida sotiladi (foto)
    McLaren F1 superkarining LM 1994 namunasidagi eng noyob ikkitasidan bittasi kimoshdi savdosi orqali sotiladi. Bor-yo‘g‘i 21439 km harakatlangan avtomobil Kaliforniyaning Monterey shahrida Sotheby's savdo uyi tomonidan tashkil etiladigan auksionga lotga qo‘yiladi.

    O‘tgan asr 90-yillarining eng orzu qilingan superkari – McLaren F1 atigi 106 nusxada ishlab chiqilgan, ularning 65tasi oddiy yo‘l to‘plamida sotilgan. 5tasi — Le-Man poygalari uchun chiqarilgan LM bolidlari edi. 3ta superkar GT poygasi uchun maxsus ishlab chiqilgan. 5tasi XP prototiplari, 28tasi — GTR poyga namunalari va bittasi — XP LM prototipi. Avtomobil 1992-1998 yillar davomida ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, kompaniya F1 nusxasining ikkitasini 2000-2001 yillarda LM namunasiga modifikatsiya qilgan.

    Ushbu superkarlar 6.0 l V12 dvigatelga ega bo‘lib, GTR namunasi 680 ot kuchiga ega. Unga ikki juft qo‘shimcha radiator, poyga uchun maxsus amortizatorlar va prujinalar, modifikatsiya qilingan tutun chiqarish tizimi va yengillashtirilgan 17 dyyumli g‘ildiraklar qo‘yilgan.

    Noyob McLaren boshlang‘ich narxi, uning sotuvga qo‘yilishi sababi kabi ochiqlanmayapti, biroq F1 seriyali namunalari ham bir necha millionga tezda xaridorini topadi.

    » » Eng noyob ikki McLaren’dan bittasi kim oshdi savdosida sotiladi (foto)