Avtomobil oynasiga parda o‘rnatish tekin bo‘ldimi?

  • 03 avgust 2019, 19:50
  • 2 564
  • Avto
  • Avtomobil oynasiga parda o‘rnatish tekin bo‘ldimi?
    Foto: IIBB
    O‘zbekiston Respublikasining tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) transport vositalaridan foydalanish masalasiga oid qonunchiligiga o‘zgarishlar kiritilgani xabar qilingan edi.
    Toshkent shahar IIBB avtomobil oynasiga o‘rnatiladigan parda masalasiga ham aniqlik kiritdi.

    «Kelib tushayotgan ko‘plab savollarga javoban shuni ma’lum qilamizki, parda, darparda, jalyuzilar bo‘yicha qonunchilikda o‘zgarishlar ro‘y bermadi. Yengil avtomobillar bilan bog‘liq hollarda pardalarni yon ko‘zgular mavjud bo‘lgan holda faqatgina orqa oynaga o‘rnatish mumkin.

    Yon oynalarga pardalar o‘rnatish faqatgina M3 toifadagi III klass avtotransport vositalariga mumkin (haydovchi o‘rindig‘idan tashqari sakkiztadan ortiq o‘rindiqlari bo‘lgan va og‘irligi 5 tonnadan oshiq bo‘lgan yo‘lovchi transporti). Shuningdek, avtomobil old oynasining 14 sm.dan ko‘p bo‘lmagan tepa qismi tusini polosa shaklida yorug‘lik o‘tkazuvchanligi chegaralamagan darajada o‘zgartirish, ilgarigidek ruxsatnomasiz amalga oshiriladi», deyiladi IIBB xabarida.

    » » Avtomobil oynasiga parda o‘rnatish tekin bo‘ldimi?