14:15 / 06.08.2019
6 538

Avtotransportdan foydalanishda ishonchnoma rasmiylashtirish bekor qilinadi

Avtotransportdan foydalanishda ishonchnoma rasmiylashtirish bekor qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligining “Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha” ko‘rsatmani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 27 fevraldagi F–5445-son “2019 yilda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qabul qilinadi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2000 yil 29 maydagi 01-526, 24/8-855-son “Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha” ko‘rsatmasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Amaldagi ko‘rsatmaga ko‘ra, avtotransport vositalarini tasarruf etish (olish-sotish, almashtirish, hadya etish) va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalar rasmiylashtirilganida vakolatnoma oluvchiga uning ikki nusxasi beriladi. Ishonchnomaning bir nusxasi hududiy DAN boshqarmalarining "Ro‘yxatlash va imtihon bo‘lim (bo‘linma)larida» qoldiriladi. Notarius tomonidan mazkur vakolatnoma matnida: "u tegishli avtomobil nazorati idorasida 10 kun ichida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ro‘yxatdan o‘tkazilmagunga qadar haqiqiy emas deb hisoblanadi" deb yozilishi shart.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtotransportdan foydalanishda ishonchnoma rasmiylashtirish bekor qilinadi