12:42 / 12.08.2019
4 905

Turkmaniston prezidentiga Medvedev koʻrsatgan Aurus avtomobili yoqib qoldi

Turkmaniston prezidentiga Medvedev koʻrsatgan Aurus avtomobili yoqib qoldi
Foto: “Motor1.com”
Turkmaniston Rossiyaning Aurus avtomobillarining barcha yangi turlarini sotib olish niyatida, deb xabar bermoqda “TASS”. Shunday modellardan birining maxsus nusxasi 12-avgustda Turkmanboshi shahridagi birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi (KIF)da namoyish etildi.

Turmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevni tadbir oldidan kutib oldi. Ular Turmanistondagi KIFda namoyish etish uchun iyul oyida maxsus ishlab chiqarilgan lustre white (yorqin oq) rangidagi Aurus Senat avtomobilini birgalikda koʻzdan kechirdi.

Ular avtomobilning afzalliklarini muhokama qildi, shundan soʻng Berdimuhamedov Ashxobod Aurus avtomobillar qatorining barcha modellarini sotib olish niyatida ekanligini bildirdi. “Buyurtma qabul qilindi”, deb javob bergan Medvedev.

Aurus saloni KIFda namoyish etish uchun yagona nusxada ishlangan boʻlib, unda Rossiyada ishlab chiqarilgan och rangli materiallardan foydalanilgan. Avtomobilga V8 dvigatelli 9 pogʻonali uzatmalar korobkasi va elektromotor oʻrnatilgan. Qurilmaning umumiy sigʻimi 660 l/s boʻlib, bu 3 tonnalik avtomobilga tezlikni 6 soniyada 100 kilometrga oshirish imkonini beradi. Umumiy hisobda ushbu brend ostida 4 ta model ishlab chiqariladi: sedan, limuzin, yoʻltanlamas va miniven.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Turkmaniston prezidentiga Medvedev koʻrsatgan Aurus avtomobili yoqib qoldi