15:38 / 12.08.2019
4 177

Fiat Chrysler O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Fiat Chrysler O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Fiat Chrysler Automobiles Italiya-Amerika konserni O‘zbekiston avtomobil sanoatiga sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Yusuf Hajasga tayanib, «O‘zbekiston24» telekanalining «Tahlilnoma» ko‘rsatuvida xabar qilindi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

«Fiat Chrysler Automobiles respublikada chet el sarmoyasini jalb etgan holda avtomobillar ishlab chiqaradigan korxona tashkil etish orqali sanoat hamkorligini o‘rnatishdan manfaatdordir», - deydi Hajas.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya tomonidan Turkiyada amalga oshirilayotgan Tofaş loyihasidan O‘zbekistonda korxona tashkil etish uchun qo‘llanma sifatida foydalanish taklif qilinmoqda.

Tofaş - yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi turk kompaniyasi. Kompaniya Fiat Chrysler Automobiles hamda Koç Holding’ga tegishli. U Turkiyada ham yengil avtomobillar, ham yengil tijorat transport vositalarini ishlab chiqaradigan yagona avtomobil ishlab chiqaruvchidir. Tofaş Fiat, Citroen, Peugeot, Opel va Vauxhall brendlari ostida avtomobillar ishlab chiqaradi.

Xabar berilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston Fiat brendi ostida Tipo, Fiorino va Doblo modellarini ishlab chiqaradigan ikkinchi korxona tashkil qilish uchun eng maqbul joy sifatida qaralmoqda.

«Bundan tashqari, 2021 yilda Tofaş krossoverlar ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda va kelajakda O‘zbekistonda ham ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan pikap modelini ishlab chiqish ustida ishlamoqda», - dedi Hajas.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Fiat Chrysler O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi