10:03 / 16.08.2019
7 170

UzAuto Motors yangilangan Malibu'ni sotuvga chiqardi

UzAuto Motors yangilangan Malibu'ni sotuvga chiqardi
Foto: Uz Auto Motors
UzAuto Motors kompaniyasi 1.5 l. Turbo dvigatelli yangilangan Malibu Facelift avtomobili savdosi boshlanayotganini ma’lum qiladi. Yangilangan Malibu O‘zbekiston bozorida Malibu 2.5l. o‘rnini egallaydi hamda uning yangi texnologik va tejamkor (30%) davomchisi bo‘ladi.

Olduzatmali avtomobil avvalgisidan 100 kilogrammga yengil ekanligiga qaramay, uning uzunligiga taxminan 12 santimetr qo‘shgan. Bunday natijaga uning 1,5 litrli 160 ot kuchiga ega turbomotori sababli erishilgan.

Shuni qayd etish lozimki, mazkur modelning narxi avvalgisidan 5 million so‘mga arzon. Yangilangan modelning ranglar palitrasi ham keng doirada taqdim etilgan.

Shuningdek yangilangan Facelift Malibu Turbo 2 l. avtomobilining ham savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish 2019 yilning sentyabr oyidan boshlanadi.

Hozirgi vaqtda Malibu 2.5l. avtomobili juda oz miqdorda chegaralangan ranglar palitrasida qolgan va ushbu model ishlab chiqarishdan to‘xtatilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors yangilangan Malibu'ni sotuvga chiqardi