22:15 / 27.08.2019
4 998

Erkaklar xush ko‘rib haydovchi avtomobil brendi ma’lum bo‘ldi

Erkaklar xush ko‘rib haydovchi avtomobil brendi ma’lum bo‘ldi
Foto: Motor
Rossiya ekspertlari tomonidan erkaklar xush ko‘rib haydaydigan asosiy avtomobil brendlari ro‘yxati tuzildi. Avtostat agentligi rus avtoulovchilari o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi va uning natijalariga ko‘ra har bir brend uchun erkak va ayollarning ulushini aniqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkaklar eng ko‘p foydalanadigan avtomashina brendi — bu Infiniti deb topildi.
O‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Infiniti egalarining 95,8 foizi erkaklar va atigi 4,2 foizi ayollardir.

Ikkinchi o‘rinda mahalliy UAZ haydovchilari 95,5 foiz bilan, uchinchi o‘rinda Subaru 93,3 foiz bilan, Toyota 92,7 foiz bilan, Skoda 91,7 foiz bilan kuchli beshlikka kirdi.
Birinchi o‘ntalikka Volkswagen (91,4 foiz), Mercedes-Benz (91,2 foiz), Ford (91 foiz), Mitsubishi (90,9 foiz) va Honda (90,7 foiz) kirdi.

So‘rov 2013—2019 yillarda 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan 240 mingta avtomobil egalari o‘rtasida o‘tkazilgan. Tahlilchilar faqat 600 dan ortiq profillarni o‘z ichiga olgan markalarni hisobga olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Erkaklar xush ko‘rib haydovchi avtomobil brendi ma’lum bo‘ldi