09:30 / 03.09.2019
3 697

GM-AvtoVAZ Chevrolet Niva ishlab chiqarishni to‘xtatdi

GM-AvtoVAZ Chevrolet Niva ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Foto: Motor
Tolyattidagi GM-AvtoVAZ qo‘shma korxonasi Chevrolet Niva ishlab chiqarishni to‘xtatdi.
Konveyer mazkur modelga bo‘lgan talabning pasayishi tufayli 2—6 sentyabr kunlari ishlamaydi.

Avtozavod matbuot xizmati buni «so‘rovni optimallashtirish» deb izohladi.
Avtostat ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida Chevrolet Niva xaridorlari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26 foizga qisqargan. 2018 yilning 6 oyi davomida 14 203 yo‘ltanlamas o‘z xaridorini topgan bo‘lsa, bu yil talab 10 549 donagacha kamaygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM-AvtoVAZ Chevrolet Niva ishlab chiqarishni to‘xtatdi