Otabek Umarov rossiyalik blogerga premium-klassdagi uchta avtomobil taklif qildi

  • 13 sentyabr 2019, 14:39
  • 1 893
  • Avto
  • Otabek Umarov rossiyalik blogerga premium-klassdagi uchta avtomobil taklif qildi
    Foto: Instagram
    Shavkat Mirziyoyevning kichik kuyovi, Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Otabek Umarov rossiyalik avtobloger Erik Davidыchga navbatdagi test-drayvni O‘zbekistonda suratga olishga ko‘maklashdi. Bu haqda Davidыch o‘zining «Instagram»ida xabar berdi.

    Avtobloger o‘zining navbatdagi shou-ko‘rsatuvini O‘zbekistonda suratga olishni maqsad qilgandi. Otabek Umarov unga premium-klassdagi «Mercedes AMG GT 4», «BRABUS Maybach 900» va «Bentley» avtomobillarini taklif qildi.

    «Bizga yordam beradigan kishini topdik. U nafaqat bitta mashina, tanlab olish uchun variantlar taqdim etdi. Ko‘pchilik aytgandi, hoy, Davidich, sen O‘zbekistonda hech narsa topa olmaysan, deb. Rahmat sizga, @otabek_muhammadalievich», deb yozadi bloger.

    Davidыch — taniqli videobloger bo‘lib, uning «YouTube»dagi roliklari million martalab ko‘riladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Otabek Umarov rossiyalik blogerga premium-klassdagi uchta avtomobil taklif qildi