06:00 / 22.09.2019
3 193

Ravon brendi Rossiya bozoriga qaytdi

Ravon brendi Rossiya bozoriga qaytdi
Ravon brendi Rossiya bozoriga qaytdi. 2019 yilda kompaniya Rossiyada 7-8 ming dona avtomobillarni sotmoqchi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston.
"Ravon Rossiya bozoriga hammabop, yaxshi tanilgan uchta model bilan qaytmoqda – bular "RAVON R4", "RAVON R2" va "RAVON Nexia R3" avtomobillaridir", - deyiladi xabarda.

Mashinalar sotuvi shu oyning o‘zida rasmiy dilerlik markazlarida qayta tiklanadi, dilerlik tarmog‘i esa, ancha kengaytiriladi.
"O‘zavtomotors" AJ boshqaruvchi direktori Aleksandr Saxapov "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida brend Rossiyada avtomobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yish ustida ishlar olib borayotgani haqida gapirib o‘tgan.

Ta’kidlanishicha, bu boradagi muzokaralar juda faol bosqichda va yil yakuniga qadar bu borada ommaga e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, Ravon 2022 yilga qadar yangi sakkizta model taqdimotini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ravon brendi Rossiya bozoriga qaytdi