Marg‘ilonlik usta Lacetti'dan Ferrari yasadi (foto)

  • 27 sentyabr 2019, 13:46
  • 2 796
  • Avto
  • Marg‘ilonlik usta Lacetti'dan Ferrari yasadi (foto)
    Marg‘ilonlik usta o‘zining Lacetti avtomobilidan Ferrari'ga o‘xshash bo‘lgan avtomobil yasadi. Bu haqda Facebookdagi “Voditeli Tashkenta” guruhida Akbar Murodov ismli foydalanuvchi xabar qilgan.

    Xabarda avtomobilning old, yon va orqa tomondan olingan suratlari joylashtirilgan. Guruh a’zolari ushbu rasmlarni turlicha kutib olishdi, kimdir hazil aralash bu yigitni darrov “O‘zavtoprom”ga boshliq qilish kerak desa, boshqalar YHXB bunday avtomobilga oddiy yo‘llarda harakat qilishiga ruxsat berarmikan deb xavotir olgan.

    Nima bo‘lganda ham, yigitga qoyil qolish kerak. "Nol"dan boshlab butun boshli avtomobil yasash uchun qancha vaqt, kuch va mablag‘ kerak.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Marg‘ilonlik usta Lacetti'dan Ferrari yasadi (foto)