O‘zbekistonda transport sohasida jiddiy o‘zgarishlar kutilyapti

  • 07 oktyabr 2019, 12:08
  • 4 333
  • Avto
  • O‘zbekistonda transport sohasida jiddiy o‘zgarishlar kutilyapti
    Foto: Pixabay
    O‘zbekistonda ekologik jihatdan yaxshilangan motor yoqilg‘isi va avtomobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish kengaytiriladi. Bu haqda 2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasida aytilgan.

    Xususan, transport xarajatlarini qisqartirish va transport sohasining samarali faoliyatini ta’minlashga qaratilgan yagona kompleks rivojlanish siyosati shakllantiriladi, shaharni uzoq muddatli rivojlantirish rejalari va ekologik xavfsizlik choralariga muvofiq “yashil” transport rivojlantiriladi.

    Yevro-4 va undan yuqori standartlarga mos keluvchi energiya samaradorligi va ekologik tavsiflari yaxshilangan avtotransport vositalari, elektromobillar, gibrid dvigatelli avtomobillar va gaz yoqilg‘isida ishlaydigan avtomobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni kengaytiriladi.

    Shuningdek, yaxshilangan tavsifga ega motor yonilg‘ilari ishlab chiqariladi, avtotransport parkini yangilashda davom etish, eski avtomobillarni utilizatsiya qilish va yangi, yanada ekologik avtomobillarni sotib olishni rag‘batlantiruvchi dasturlar ishlab chiqiladi.

    Bundan tashqari, jamoat transportining samarali tizimlari yaratiladi va takomillashtiriladi (yaxshilangan tavsifga ega jamoat transporti ulushi oshiriladi), yangi transport-logistika tizimlarini yaratiladi va rivojlantiriladi, yo‘l infratuzilmasi rivojlantiriladi.

    Ta’kidlanishicha, foydalanilayotgan transport vositalarining ekologik holati ustidan davlat nazorati ham kuchaytiriladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda transport sohasida jiddiy o‘zgarishlar kutilyapti