O‘zbekistonda qimmatbaho avtomobillar importi uchun imtiyozlar bekor qilinadi

  • 11 oktyabr 2019, 06:00
  • 2 122
  • Avto
  • O‘zbekistonda qimmatbaho avtomobillar importi uchun imtiyozlar bekor qilinadi
    O‘zbekistonda 2020 yil 1 yanvardan qimmatbaho avtomobillar importi uchun imtiyozlar bekor qilinadi. Bu Prezident tomonidan 2 oktyabr kuni imzolangan qarorda ko‘zda tutilgan, deya xabar bermoqda Sof.uz.

    Ishlab chiqarilganiga ikki yildan ko‘p bo‘lmagan hamda narxi 40 ming dollar va undan yuqori bo‘lgan avtomobillar importi uchun imtiyozlar 2019 yil 1 yanvaridan kuchga kirgan edi.

    Shundan beri qimmatbaho avtomobillarga nisbatan nol foizlik import boji stavkasi va 20 foiz miqdoridagi aksiz solig‘i qo‘llanilayotgan edi, xolos. 2020 yil 1 yanvardan boshlab esa bu imtiyozlarning bari bekor qilinadi va ularga yana dvigatel hajmidan kelib chiqqan holda koeffitsiyent hisoblash tartibi qo‘llanila boshlaydi.

    Avvalroq o‘zbekistonlik yil boshidan beri qimmatbaho avtomobillar importiga nisbatan joriy etilgan imtiyozlardan foydalangan holda, 600 dan ortiq premium avtomobillarni O‘zbekistonga olib kirgani haqida xabar berilgan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda qimmatbaho avtomobillar importi uchun imtiyozlar bekor qilinadi