09:30 / 17.10.2019
4 698

1 yanvardan qimmatbaho avtomobillar importi uchun imtiyozlar bekor qilinadi

1 yanvardan qimmatbaho avtomobillar importi uchun imtiyozlar bekor qilinadi
2020 yil 1 yanvardan import qilinadigan qimmat yengil avtomobillarga qo‘llanilgan bojxona qiymatining 20 foizi miqdoridagi imtiyozli stavka bekor bo‘ladi.

Import bojxona bojlari va mamlakatga olib kiriladigan aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari qayta ko‘rib chiqildi. O‘zgartirishlar 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Aksiz bo‘yicha uchta o‘zgartirish nazarda tutilmoqda:

• import qilinadigan shakarga (oq rangli, xushbo‘y ta’m yoki rang beruvchi qo‘shimchalar qo‘shilmagan, TIF TN kodi 1701 99) 20 %lik stavka bo‘yicha soliq solinadi). Hozir ushbu pozitsiyada aksiz to‘lanmaydi;

• import qilinadigan suv, muz va qorga (TIF TN kodi 2201) stavka 50 %gacha oshiriladi, biroq bir litr uchun 0,25 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. 2019 yilda u bojxona qiymatining 25 %ini tashkil qiladi;

• import qilinadigan, ishlab chiqarilganiga 2 yil bo‘lgan, ekvivalentda 40 ming AQSh dollari va undan ortiq qiymatga ega yengil avtomobillarga (TIF TN kodlari 8703 22, 8703 23, 8703 23 194 0, 8703 24, 8703 31, 8703 32, 8703 33) qo‘llanilgan bojxona qiymatining 20 %i miqdoridagi imtiyozli stavka bekor qilinadi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasiga quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish vazifasi yuklandi:

• xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda xalqaro kurerlik jo‘natmalari uchun bir martalik bojsiz narx va og‘irlik me’yorlarini joriy etish hamda ushbu me’yorlardan oshgan taqdirda alohida yig‘imlarni undirish;

• 2020 yil 1 yanvardan boshlab bojxona boji va aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni ushbu imtiyozlarning samaradorligi va import qilinadigan tovarlar turini ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarning mavjudligini hisobga olgan holda bekor qilish.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 1 yanvardan qimmatbaho avtomobillar importi uchun imtiyozlar bekor qilinadi