Foto: IIV matbuot xizmati
Vazirlar Mahkamasining «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, yo‘l-patrul xizmati inspektorlari bodi-kameradan foydalangan holda ishlashlari belgilangan. Hozirda Toshkentda mobil videokameralarni test rejimida sinovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
«Sinov davomida kameralar turli ob-havo sharoitlarida va ko‘rinishlarda, har xil holatlarda hamda vaziyatlarda ishlatib ko‘riladi», — deyiladi IIV axborotida. Qayd etishlaricha, sinov tekshiruvlarida aniqlangan kamchiliklar kameralarni ishlab chiqaruvchilarga yetkaziladi va bartaraf etiladi. Shuningdek, ma’lumotlarni saqlash qurilmalari, dasturiy ta’minot ham sinovdan o‘tkaziladi.
Foto: IIV matbuot xizmati
Bodi-kamera bilan ishlash jarayonida xodim yo‘l harakati qatnashchisini to‘xtatganidan keyin uning oldiga borib, o‘zini tanishtiradi va lavozimi, unvoni, familiyasi haqida ma’lumot beradi, shuningdek, mobil videokameradan foydalanayotganini ma’lum qiladi va kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlash uchun undagi videoyozuvdan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
Foto: IIV matbuot xizmati
«Bodi-kameralarning ishga tushirilishi, birinchi navbatda, shu soha vakillari uchun zarur. Chunki kameralar orqali vaziyatni doimo nazorat qilib turish imkoniyati oshadi. Nazorat kuchaytirilgan joyda esa tartib-intizom bo‘ladi. Kameralar esa har bir holatni oshkora ko‘rsatib beradi. Shu sababli barcha harakat ishtirokchilarini Yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqiramiz», — deya qo‘shimcha qilingan vazirlik axborotida.
O‘zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlari bodi-kameralar bilan ishlay boshlashi haqida ilk bor 2017 yil 22 dekabrida aytilgan, muddat sifatida 2018 yilning 10 fevrali ko‘rsatilgan edi. Keyinchalik muddat 1 martga ko‘chdi, keyinroq sentyabrda bo‘ladi, deyildi. 2018 yil dekabrida hukumat tomonidan qabul qilingan qarorda yangi muddat — 2019 yil 1 iyuli ko‘rsatildi.
2019 yil 3 iyulida esa hukumat bodi-kameralar bo‘yicha yangi qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlarining bodi-kameradan foydalangan holda ishlashga o‘tish muddati 2020 yil 1 yanvargacha kechiktirildi. Bunga Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi va IIV rahbariyati tomonidan yo‘l qo‘yilgan ortiqcha sansolarlik va byurokratizm sabab bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi