09:47 / 26.10.2019
6 137

Asaka avtomobil zavodida yong‘in yuz bergani bo‘yicha rasman ma’lumot berildi

Asaka avtomobil zavodida yong‘in yuz bergani bo‘yicha rasman ma’lumot berildi
Bugun tunda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda Andijon viloyatidagi Asaka avtomobil zavodida yong‘in yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan kompaniya quyidagilarni ma’lum qildi:

Bugun tungi soat 1 larda Andijon shahri Soy ko‘chasida joylashgan “Andijonmash” korxonasi hududida joylashgan tekstil korxonasining tom qismida yong‘in yuz bergan. Yong‘in sabablari bizga ma’lum emas.

Asaka avtomobil zavodi hududida hech qanday yong‘in yuz bermaganini rasman ma’lum qilamiz.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Asaka avtomobil zavodida yong‘in yuz bergani bo‘yicha rasman ma’lumot berildi