00:23 / 27.10.2019
8 789

UzAuto Motors kelgusi yildan har oyda yangi avtomobil modelini taqdim etishi mumkin

UzAuto Motors kelgusi yildan har oyda yangi avtomobil modelini taqdim etishi mumkin
2020 yildan e’tiboran, «O‘zavtosanoat» tizimiga kiruvchi Uzauto Motors kompaniyasi avtomobillar ishlab chiqarish sohasida keskin ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya rahbariyatidagi Kun.uz manbasining so‘zlariga ko‘ra, kelasi yildan boshlab, har oy yangi turdagi avtomobil ishlab chiqishni o‘zlashtirish va xaridorlarga yetkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Chevrolet Traverse / Foto: carlblackoforlando.com
Bundan tashqari, dekabr oyida Uzauto Motors tomonidan ishlab chiqariluvchi ikkita model taqdimoti o‘tkaziladi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov UzAuto Motors Service & Trade-In Center ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan ochilish marosimida Kun.uz muxbiriga ma’lum qildi.

Chevrolet Trailblazer / Foto: dubaicars.com
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi direktori Rustam Rajabov zavod tomonidan Chevrolet Trailblazer, Chevrolet Equinox va Chevrolet Traverse modellarini ishlab chiqarish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.

Chevrolet Equinox / Foto: chevrolet.com
Avvalroq, «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov yaqin kelajakda UzAuto Motors zavodida bir platforma negizida 3ta yangi model ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilishi haqida prezident Sh.Mirziyoyevga ma’lum qilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors kelgusi yildan har oyda yangi avtomobil modelini taqdim etishi mumkin