18:18 / 19.11.2019
5 926

Dunyodagi eng tez traktor rekordlar kitobiga kirdi (video)

Dunyodagi eng tez traktor rekordlar kitobiga kirdi (video)
Foto: «Motor»
JCB kompaniyasi ishlab chiqqan «Fastrac» traktori soatiga 241,4 kilometr tezlik olib, Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi, deya xabar berdi «Motor».

Rekord Amerikaning Elington shahri aerodromida o‘tkazilgan sinov chog‘i qayd etildi. Traktor ruliga o‘tirgan poygachi Gay Martin tezlikni 241,4 km/soatgacha chiqara oldi. To‘g‘ri, Rekordlar kitobiga 217,6 km/soat kiritildi, chunki qoida bo‘yicha ikki urinishning o‘rtacha qiymati inobatga olindi.

Eslatib o‘tamiz, Martin shu yilning yozida ham «Fastrac» traktorini boshqargan va tezlikni 167 km/soatgacha chiqara olgandi.

Foto: «Motor»
Shundan so‘ng kompaniya muhandislari «Fastrac» ustida ancha ishlashdi. Dvigateliga elektr simli nasos hamda 2500 bar boimli yonilg‘i nasosi o‘rnatib, turbinaga bosimni 230 foizga oshirishdi.

«Fastrac»ning oldingisi 1014 ot kuchiga ega edi, bu safar qanaqa — kompaniya ma’lum qilmadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Dunyodagi eng tez traktor rekordlar kitobiga kirdi (video)