20:16 / 21.11.2019
11 586

O‘zbek yigiti “Jiguli”dan elektromobil yasadi (video)

O‘zbek yigiti “Jiguli”dan elektromobil yasadi (video)
Internetda “FarruhUZ” niki ostida VAZ 2106 rusumli avtomobildan elektromobil yasagan o‘zbek yigiti mashhur bo‘lib bormoqda. Ma’lum bo‘lishicha uning ismi Farrux, u Olma-Otada yashaydi.

Farrux tomonidan Yutub va instagramda joylashtirgan foto va videomateriallar juda ko‘p muxlislarni jamlamoqda.

U VAZ 2106 asosida, Xitoyda ishlab chiqilgan detallar asosida yasagan elektromobil bir quvvatlashda 200 kmgacha masofani bosib o‘tishi mumkin. Shahar va trassa aralash rejimida. Lekin ushbu ma’lumot aniq tekshirilmagan. Buni maksimal natija deb qabul qilish kerak. Real hayotda ushbu ko‘rsatgich 100 – 130 km bo‘lishi mumkin.

Farruxning elektromobili to‘liq xarajatlari keltirib o‘tilmagan, lekin quyidagi narxlarni keltirish mumkin:

Donor avtomobil – VAZ 2106 - 1000 $
Elektro dvigatel 3 faza, 10 kVt – 1000 $
Akkumulyator 96 Volt, 30 kVt/soat – 1500 $
Kontroller 10 kVt – 800 $
Reduktor, kontaktorы va boshqa narsalar– 1500 - 2000 $
Quvvatlash moslamasi– 400 $
Ish haqi – noma’lum.

Ushbu narxlar Olma-Otada joylashgan magazin narxlari. Xitoydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olsa ushbu detallar arzonroq bo‘lishi mumkin, albatta.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbek yigiti “Jiguli”dan elektromobil yasadi (video)