Dunyoning eng qimmat limuzinlari...

  • 06 dekabr 2019, 07:30
  • 3 048
  • Avto
  • Dunyoning eng qimmat limuzinlari...
    Dunyoning badavlat kishilari, davlat boshliqlari, rasmiylar, mashhur insonlar (san’atkorlar, qo‘shiqchilar, kino yulduzlari kabilar) turli xil uchrashuvlarda yoki ijod kechalarida tez-tez foydalanib turadigan mashina bu, albatta limuzindir. Uning hashamatli ko‘rinishi hamda yuqorida qayd etilgan soha vakillari uchun qulayligi hech kimga sir emas.

    Quyida e’tiboringizga dunyo bo‘ylab tan olingan eng hashamatli limuzinlarni havola etamiz:
    1. Tungi chavandoz (2,5 million dollar) - ushbu hashamdor limuzin 1800 vattlik ovoz tizimiga, o‘zining raqs klubiga, ichkarisida DJ stendi, uch xil zal hamda turli xil qulayliklarga ega. Bir nechta bufetchilar uchun xonalar ham ajratilgan bo‘lib, u 40 tagacha yo‘lovchini olib ketishi mumkin.


    2. Amerika orzusi (4 million dollar) - bu taniqli avtomobil dizayneri va kollektori Jey Ohrbergga tegishli maxsus yaratilgan limuzin bo‘lib, u dunyodagi limuzinlarning eng uzuni hisoblanadi. Uning ichida nafaqat quyosh botishini kuzatadigan joy hamda jakuzi, balki suzish havzasi, bir nechta shohona karavotlar va vertolyot maydonchasi mavjud.


    3. Batmobile Limuzini (4,2 million dollar) - Batmobile limuzinida V8 Corvette reaktiv dvigateli mavjud. Ushbu avtomobilning yaratilishiga «Batman» filmi sababchi bo‘lgan. Mashinaning yaratuvchisi bo‘lgan inson aynan shu filmning ashaddiy ishqibozi edi hamda loyiha 2012 yil nihoyasiga yetkazildi. Loyihani oxiriga yetkazish uchun 4 million dollar sarflandi.

    » » Dunyoning eng qimmat limuzinlari...