09:10 / 24.12.2019
3 425

O‘zbekistonliklar 11 oy davomida «inomarka»larga qancha sarflashdi?

O‘zbekistonliklar 11 oy davomida «inomarka»larga qancha sarflashdi?
Foto: Pixabay
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 370,6 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgan.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 52,6 foizga ko‘pdir.

Umuman olgan, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish tiklanmoqda. Masalan, yil boshida chet el avtomobillarini import qilish hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 baravar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, bahor boshida - 2,2 baravar, yoz boshida u 67 foizgacha tushdi, avgustda 72 foizga qadar ko‘tarildi, sentabrda 74 foizni tashkil etdi.

Chet el avtomobillari importining umumiy o‘sishi yanvar oyida qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish yengillashtirilgani bilan bog‘liq - agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va ishlab chiqarilgan sanasidan ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, unda unga nol stavkali boj qo‘llaniladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonliklar 11 oy davomida «inomarka»larga qancha sarflashdi?