13:03 / 09.01.2020
4 601

Avtomashinadan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Avtomashinadan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish mo‘ljallanmoqda.

Muhokama uchun e’lon qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan O‘RQ–2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritiladi:

- 223-modda (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) birinchi qismining dispozitsiyasi “shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi;

- 266-modda (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) birinchi qismining (Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa):

- dispozitsiyasidagi “o‘rtacha og‘ir yoki” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.

Ushbu modda birinchi qismi hozir quyidagicha ko‘rinishga ega:
Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa - bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomashinadan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi