22:39 / 21.01.2020
4 030

Arab avtomobilsozlik kompaniyasi yangi sportkar taqdim qildi (foto)

Arab avtomobilsozlik kompaniyasi yangi sportkar taqdim qildi (foto)
Foto: carsweek.ru
Dubayning Jannarelly Automotive avtomobilsozlik kompaniyasi Britaniyaga eksport qilishga mo‘ljallangan Design-1 sportkarini taqdim qildi. Bu haqda Carsweek nashri xabar berdi.

Jannarelly Design-1 UK Edition sportkari 5 ta rangda – kulrang, qizil, ko‘k, oq va yashil ranglarda taqdim etilgan.

Sportkar kupe ko‘rinishida ishlangan. U olib qo‘yiluvchi tom bilan jihozlangan.

Mashinada 325 ot kuchiga ega 6 silindrli dvigatel va 6 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi o‘rnatilgan.

Arab sportkari 100 km/soat tezlikka 4 soniyada erishadi, maksimal tezligi 220 km/soatgacha yetadi.

Design-1’ning narxi 115 549 funt sterlingni (150 300 dollar) tashkil qiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Arab avtomobilsozlik kompaniyasi yangi sportkar taqdim qildi (foto)