Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston 440,1 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgan. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37,9 foizga ko‘pdir.
Umuman olganda, avvalgi yillarga nisbatan o‘sish sezilarli darajaga yetdi. Agar 2018 yilda import avtomobillarga 319 mln dollar sarflangan bo‘lsa, 2019 yilda bu raqam yana 100 mln dollardan ko‘proqqa oshdi.
Taqqoslash uchun, 2017 yilda O‘zbekiston 155 mln dollarlik yengil avtomobillar import qilgan, 2016 yilda - 193 mln dollar, 2015 yilda - 120 mln dollar, 2014 yilda esa - 212 mln dollar.
Shuningdek, 2019 yil davomida ham «inomarka»lar importi o‘sib bordi. Yil boshida chet el avtomobillarini import qilish hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 baravar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, bahor boshida - 2,2 baravar, yoz boshida u 67 foizgacha tushdi, avgustda 72 foizga qadar ko‘tarildi, sentabrda 74 foizni tashkil etdi.
2019 yil davomida kuzatilgan bunday o‘sishga qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish tartibi yengillashtirilgani bilan izoh berish mumkin. Biroq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab bu imtiyoz o‘z kuchini yo‘qotdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
103 yoshli italiyalik ayol haydovchi jarimaga tortildi
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
Saudi Aramco rahbari yashil energetikaga o‘tish xayolidan voz kechishga chaqirdi
Putin: Rossiyaning yadroviy triadasi boshqalarga qaraganda zamonaviyroq