15:15 / 17.02.2020
4 372

General Motors O‘zbekiston uchun Trailblazer ishlab chiqariladigan zavodini sotmoqchi

General Motors O‘zbekiston uchun Trailblazer ishlab chiqariladigan zavodini sotmoqchi
Foto: Reuters
General Motors Tailanddagi avtomobil zavodini Xitoyning Great Wall Motor Co Ltd. kompaniyasiga sotadigan bo‘ldi. Bu haqda 16 fevral kuni Amerika kompaniyasi taqdim etgan press-relizga tayanib, Spot xabar berdi.

GM’ning ma’lum qilishicha, kiritilgan investitsiyalar kutilgan daromad keltirmayotgani uchun Avstraliya, Yangi Zelandiya va Tailand bozoridan chiqib ketadi.
Ya’ni, mazkur avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya 2021 yilda Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi Holden brendini yopadi, joriy yil oxiriga qadar esa Tailanddagi Rayong zavodida savdolar bo‘yicha bitimlarni to‘xtatishni rejalashtirmoqda.

General Motors bosh direktori Meri Barraning aytishicha, kompaniya ko‘proq daromad keltiradigan joylarga e’tiborni kuchaytirish niyatida.
Uning ta’kidlashicha, GM aktivlarni topshirish va rivojlanayotgan bozorlarda xarajatlarni kamaytirish uchun kuchli yetkazib berish tarmog‘ini yaratish orqali O‘zbekiston kabi bozorlarda sheriklik aloqalarini optimallashtirishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Tailanddagi Rayong zavodida Colorado va Trailblazer kabi modellar ishlab chiqariladi. 2019 yilning noyabr oyida GM Thailand O‘zbekistonga Chevrolet Trailblazer avtomobillarining partiyasini yuborgan edi.

2019 yil oxirida UzAuto Motors to‘rtta yangi — Equinox, Traverse, Trailblazer va Tahoe modellarining taqdimotini o‘tkazgan edi. Yanvar oyida esa kompaniya birinchi bosqichda tayyor avtomobillarni AQSH, Xitoy va Tailanddan olib kelishini ma’lum qilgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » General Motors O‘zbekiston uchun Trailblazer ishlab chiqariladigan zavodini sotmoqchi